Тошкентда AQUATHLON-2019 мусобақалари бўлиб ўтди

2019-yil 18-dekabr kuni Respublika olimpiya zaxiralari kollejida AQUATHLON 2019 musobaqalari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar suzish (800 metr) va yugurish (5 kilometr) masofalarini bosib o'tdilar. Tadbir O'zbekiston Triatlon federatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Musobaqada O'zbekistonning barcha hududlaridan o'smirlar va professionallar – 157 nafar sportchi ishtirok etdi. Yengil atletika, velosport va suzish federatsiyalari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, "Vatanparvar" tashkiloti, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Respublika olimpiya zaxiralari kolleji, "Dinamo Queen Sport" va bolalar-o'smirlar sport maktablari ishtirokchilari musobaqalarda 4 yosh toifalarida kuch sinashdilar: 11-14 yosh, 15-17 yosh, 18-25 va 26-32 yosh.

Xalqaro toifadagi triatlet, O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Viktor Zemtsev musobaqaning bosh hakami bo’ldi. G'oliblar esdalik medallari va diplomlari bilan taqdirlandilar.

Akvatlon — bu triatlonning bir turi bo'lib, suzish va yugurish bosqichlarini o'z ichiga oladi. Sportchilar barcha bosqichlarni eng tez o'tish uchun kurashadilar. Akvatlon va triatlon 20-asrning ikkinchi yarmida turli xil mustaqil poygalarda mashhurlikka erishgan. Zamonaviy akvatlon triatlonning bir turi hisoblanadi, chunki standart poygalar triatlon bilan bir xil masofada, ammo velosipedsiz o'tkaziladi. Ushbu sport turi har yili jahon chempionatlarini o'tkazadigan Xalqaro Triatlon Ittifoqi tomonidan tartibga solinadi.

AQUATHLON 2019 musobaqalari triatlon sport turi va faol hayot tarzini ommalashtirish, sportchilarning atletik mahoratini oshirish maqsadida birinchi marotaba O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi tomonidan o'tkazilmoqda. Federatsiya har yili shu kabi musobaqalarni, shu jumladan havaskor triatletlar ishtirokida o'tkazishni rejalashtirmoqda.


 
Natijalar:
11-14 yosh toifasi
O'g'il bolalar
1-Yekubov Shohjahon
2-Amirkulov Jahongir
3- Mixail Kleshko

Qizlar
1-Tolibjonova Nilufar
2- Axrorova Madina
3- Bekmurodova Hirod
15-17 yosh toifasi

O'g'il bolalar
1- Xo'jaev Kamron
2- Kotov Vlad
3- Nuridinnov Alisher

Qizlar
1- Sodiqova Latofat
2- Xudoyberganova Maxlie
3- Nurullayeva Zulayxo
18-25 yosh toifasi

O'g'il bolalar
1- Reshetnikov Aleksandr
2- Kurishov Aleksandr
3- Tursunov Arslan

Qizlar
1- Ryazanova Ekaterina
2- Alina Hakimova
3- Saydinova Dilyafroz
26-36 yosh toifasi
1- Yunusov Shohruh

Ўқилган: 1395
UFF.uz Спорт

Фойдаланувчилар фикрлари



Мазву бўйича

Оксана Чусовитина Халқаро Олимпия қўмитасининг атлетлар комиссияси таркибига номзод бўлди
07:07
Велошоссе бўйича бу йилги ЖЧда делегациямиз ўз тарихида энг кўп спортчи билан қатнишиши мумкин
16:43
Камондан отиш бўйича тарихий натижа
16:17