2019-yil 17-20-oktyabr kunlari O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi ko'magida trenerlar Viktor Zarodov, Shoxrux Yunusov, Nikolay Ilyin va Javohir Yunusov Rossiya Federatsiyasi poytaxtidagi “ЦиклON” Triatlon Akademiyasi intensiv mashg'ulotlari – triatlon bo'yicha murabbiylar uchun malaka oshirish kurslarida qatnashdilar. 32 soatlik intensiv mashg’ulotlar davomida ishtirokchilar ma'ruzalarda qatnashdilar va nazariy bilimlarni amalda sinab ko'rdilar.
O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi mamlakatda professional va havaskorlar o’rtasida triatlonni rivojlantirishni maqsad qilgan va birinchi navbatda murabbiylar malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Har bir sport turida bo'lgani kabi, triatlonda ham murabbiylar malakasini oshirish mashg’ulotlar yuqori saviyada tashkil etilishi, professional triatlonchilar va havaskorlarni musobaqalarga tayyorlash uchun muhim yo'nalish hisoblanadi.
O’quv kursi dasturi quyidagi yo'nalishlarni qamrab oldi:
• Yillik o'quv rejalari va o'quv mashg'ulotlarini davriylashtirish usullari;
• O'quv rejalari va vazifalarini rejalashtirish va yangilash;
• Suzish va yugurishdagi asosiy cheklash xatolarini aniqlash va tuzatish;
• Suzish, velosport va yugurish bo'yicha video-tahlil.
Dastur natijasiga ko’ra, murabbiylar Federal jismoniy tarbiya va sport ilmiy markazining malaka oshirish sertifikatini qo’lga kiritdilar.
ЦиклON – 2011-yilda tashkil etilgan Federal sport ta'limi tizimi. Triatlon akademiyasi dunyo sport yulduzlari orasidan triatlon va atletika bo'yicha eng kuchli zamonaviy murabbiylarni birlashtiradi. Kurs o'qituvchilari – tajribali amaliy murabbiylar, o'z sohasidagi mutaxassislar va yuqori malakali murabbiylar:
Igor Sisoyev – ЦиклON bosh murabbiyi, Rossiya triatlon terma jamoalari bosh murabbiyi, triatlon bo’yicha xalqaro darajadagi sport ustasi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, "Triatlon. Olimpiya masofasi." kitobi muallifi;
Aleksey Sokolov – ЦиклON murabbiyi, marafon bo'yicha xalqaro darajadagi sport ustasi, Rossiya marafoni rekordchisi, Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
Yuriy Kudinov - suzish bo'yicha xizmat ko’rsatgan sport ustasi, ochiq suzish bo'yicha besh karra jahon chempioni (25 km), Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi.
Триатлон: ўзбекистонлик мураббийлар Москвада малака ошириш дастурини ўтдилар
Ўқилган: 1864