Ўзбекистонда биринчи халқаро хайрия пойгаси дастури эълон қилинди!

Samarkand Half Marathon – Samarqand yarim marafoni 2019-yil 1-noyabrdan 3-noyabrgacha Samarqand shahrining eng go’zal va tarixiy ko’chalari bo’ylabo’tkaziladi. Loyihaning asosiy maqsadi – madaniyat va san'at obyektlarining yetarli darajada ochiqligi va inklyuzivligi muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, shuningdek, sog'lom turmush tarzini ommalashtirish hamda O'zbekistonda sport turizmini rivojlantirishdan iborat. Yarim marafonda tajribali yugiruvchilar ham,yugurishni endigina boshlaganlar ham ishtirok etishlari mumkin – 21, 10 va 2 km masofalarga yugurish rejaga kiritilgan.

Yarim marafondan tushgan mablag’ Toshkentdagi teatrlardan birida tajribaviy loyiha amalga oshirishlishi uchun sarflanadi. Ushbu dastur tiflosharhlash yordamida teatr sahnasida spektakl tayyorlashni o'z ichiga oladi. Buning uchun zarur jihozlar sotib olinadi, shuningdek, mutaxassislarni o'qitish tashkil etiladi.

Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi inklyuzivlik muammosiga bag'ishlangan tadqiqot o'tkazadi – Toshkentning teatrlari, muzeylari, bog'lari, shuningdek, boshqa madaniyat muassasalarida nogironligi va kamharakatlik mavjud bo'lgan shaxslar va aholi uchun dastlabki monitoring ishlari o'tkaziladi. Bundan tashqari, mazkur muassasalar xodimlari uchun inklyuzivlik va yetarli darajadagi ochiqlik bo'yicha treninglar tashkil etiladi. Tadqiqot natijalari yarim marafonning ta'lim dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi.

MIRXAN SAGITOV
Samarkand Half Marathon loyihasining kuratori

"Men chet elda o'tkazilgan marafon va yarim marafonlarning ishtirokchisi sifatida ishonch bilan shuni aytishim mumkinki, Samarqanddagi yarim marafon yo'nalishi sport nuqtai nazaridan eng chiroyli va qiziqarlilardan biri bo'ladi. Marafon davomida poyga ishtirokchilari shaharning barcha asosiy diqqatga sazovor joylarini ko'rishadi, yarim marafonning o'zi mashhur "Registon" ansambli yonidan boshlanadi. Yarim marafon yo'nalishi IAAF Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi va AIMS Xalqaro marafon va masofali poygalaruyushmasi tomonidan tasdiqlanib, sertifikatlanadi.

Har bir masofa uchun belgilangan vaqt ichida yetib kelgan barcha ishtirokchilar marrada finalchilar uchun esdalik medallarini qo'lga kiritadilar. Undan tashqari, har bir ro'yxatdan o'tgan ishtirokchi marofon futbolkasi va markali sumkani qo'lga kiritadi, shuningdek chipli raqam orqali aniq tugatish vaqtini belgilashga imkon beradi. G'oliblar uchun sovrin jamg'armasi ta'sis etildi, mutlaq hisobda 1-o'rindan 3-o'ringacha bo'lgan erkaklar va ayollar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Sovrinlar va marafon qoidalari haqida batafsil ma'lumotni bizning saytimizda topishingiz mumkin.

Tadbir bo’yicha konsultatsiyalar "Russia Running" Xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, mazkur kompaniya, o'z navbatida, zamonaviy tadbirlarni tashkil etishda katta tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarni o'z ichiga oladi. Yarim marafon tashkilotchilarining butun jamoasi marafon ishtirokchilari uchun maksimal xizmat va qulay sharoitlarni ta'minlash uchun ish olib bormoqda. Biz har bir ishtirokchining Samarkand yarim marafonidan maksimal ijobiy taassurotlarga ega bo'lishini istaymiz.

Toshkentda yashovchi va marafonga uchun tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lganlar uchun chorshanba va shanba kunlari bepul treninglar o’tkazilmoqda. Ularda ishtirok etishga taklif qilamiz. Barcha ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda".

MADINA BADALOVA
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Ta'limni rivojlantirish bo'limi boshlig'i

"Bu mamlakatimizdagi ilk bora sodir bo'layotgan keng ko'lamli xayriya tadbiridir. Marafondan tashqari Samarqandda bir qator madaniy tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz, eng muhimi, bizda katta maqsad bor. Bu madaniyat obyektlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish haqidadir. Jamg'armamiz O'zbekistondagi madaniyat obyektlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan uzoq muddatli dastur tashabbusi bilan chiqdi. Boshlanishiga biz Toshkent shahridagi muassasalarda monitoring va treninglar o'tkazamiz. Tadqiqot natijalari yarim marafonning ta'lim dasturi doirasida hisobot shaklida va internet orqali taqdim etiladi.

Jamg'arma "Garaj" zamonaviy san'at muzeyi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda, bizning rossiyalik hamkasblarimiz madaniyat obyektlarida inklyuziv muhitni yaratishning xalqaro tajribasi haqida seminarlar va ma'ruzalar o'tkazadilar. Bundan tashqari, yarim marafon doirasida biz uchun yana bir muhim tashkilot – "Beat Film" kinofestivali bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqdamiz. Festival murabbiylari Samarqandda mustaqil xalqaro darajadagi madaniyat muassasasini qanday tashkil etgani haqida ma'ruzani o'qib, ikkita hujjatli film namoyish etadilar. Ushbu filmlardan biri –“Free solo” deb nomlangan bo'lib, bu yil "Oskar" mukofotiga sazovor bo'ldi".

DILMUROD YUSUPOV
Sasseks universiteti Rivojlanish muammolari tadqiqotlari instituti doktoranti

"Biz Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi loyihasi doirasida "Sharoit+" nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkentning sakkizta dastlabki madaniyat muassasalarida inklyuziv sharoitlar mavjudligi borasida monitoring ishlarini olib bordik. Monitoring natijalari shuni ko'rsatdiki, ko'plab madaniyat muassasalari nogironligi bo'lgan odamlar va aholining kamharakat qatlamlari uchun yetarli darajada qulay emas. Shunday bo'lsa-da, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri kabi obyektlar ham mavjud bo'lib, uning rahbariyati teatr ichida ham, tashqarisida ham qulay muhit yaratish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Sovet davrida ham madaniyat obyektlarining ko'plab binolari qurilgan bo'lib, nogiron kishilarning ehtiyojlari alohida e'tiborga olinmagan. Masalan, O'zbekiston tarixi muzeyi binosi, Yoshlar teatri, Sirk va boshqa obyektlar aynan o'sha davrda qurilgan edi. Bu masala bo'yicha jamoatchilik e'tiborini jalb qilish va ushbu obyektlarni ular uchun ochiq qilish maqsadga muvofiqdir. Jamiyat nogironlikning turli shakllari bo'lgan odamlarni madaniy hayotda dam olish vaqtni maroqli o'tkazishda ishtirok etishga imkon berishga harakat qilishi kerak".

FURQAT POLVON-ZODA
Samarkand Half Marathon loyihasining madaniy dasturi kuratori

"Bu mening O'zbekistondagi birinchi loyiham. Umid qilamanki, bu musobaqa har yili Samarqandda bo'lib o'tadi va shahar madaniyatining muhim tarkibiy qismiga aylanadi. Samarkand yarim marafonida ishlash uchun biz O'zbekiston, Rossiya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan mutaxassislarni jalb qildik, shu orqali, haqiqiy madaniyat almashinuvi sodir bo'ldi. Hozirda biz marafon dasturining barcha tarkibiy qismlarini yakunlamoqdamiz, jumladan, ma'ruzalar, seminarlar va kinofilmlar jadvalini tayyorladik. Yaqinda esa loyihaning musiqiy komponenti e'lon qilinadi, unda O'zbekiston, Finlyandiya, Germaniya va Rossiyadan kelgan san'atkorlar ishtirok etadi. Bularning barchasi haqida bizning saytimizda va ijtimoiy tarmoqlarimizda xabar qilinadi. Yugurish uchun ro'yxatdan o'ting va do'stlaringizni Samarqandga chaqiring. Juda qiziqarli bo'ladi!".

SAMARKAND HALF MARATHON MADANIY DASTURI
Madaniyat obyektlariga inklyuziya kiritish.

"Garaj" muzeyi dasturi
Alexandra Filippovskaya, "Nogironlikni tushunish modellari: tibbiy va ijtimoiy kontseptsiyalar"
Alina Jekamuxova, "Alohida intellektual rivojlanish xususiyatiga ega odamlar: idrokning o'ziga xos spetsifikasiyasi"
Ekaterina Barsukova, "Universal dizayn"
Hujjatli filmlar.
Beat Film Festival dasturi
"Fri solo" (Free Solo)
2019 yilda "Oskar" mukofotining laureati. Film Aleks Xonnoldning jasoratli ekspluatatsiyasi haqida. U AQShning Yosemit milliy bog'ida joylashgan "El Kapitan" deb nom bilan qozongan 3000 metrli vertikal toqqa hech qanday yordamchi vositalarsiz chiqqan birinchi odamdir.
"Yugurish – bu erkinlik" (Free to Run)
Bugun bu haqda kam odamlar eslay oladi, ammo 50 yil oldin bu sport turida ayollar va havaskorlar uchun rasmiy joy yo'q edi, buning natijasida oddiy yuguruvchilar isyon ko'tarishgan. Albatta, 60-yillarda ya’ni har jabhada huquqlar uchun kurashish davrida keskin o’zgarishlar bu sohada han yuz berdi. O’sha davrdan boshlab, Free to Run romantik provokatsiyalardan tortib to ulkan sanoatni yaratishgacha bo'lgan yirik ijtimoiy harakat tarixi haqida hikoya qiladi.

MUSIQAVIY DASTUR
Ya Tosiba (Finlyandiya)
An'anaviy qo’shiq va zamonaviy musiqani birlashtirgan noyob loyihalardan biri. Ozarbayjon she'rlari va fin elektron layv.
Baris K (Turkiya)
Turkiyadagi musiqa bosh kollektsioneri XX-asrda yozilgan Yaqin Sharq qo'shiqlaridan iborat dj-to'plami taqdim etiladi. "Registon" maydonidagi shahar tadbiri uchun eng yaxshi musiqa ohanglari.
Simple Symmetry (Rossiya)
Moskvadagi aka-uka Lipskiylar musiqasi etnik ritmlar, instrumental elementlar hamda Osiyo va Afrika muhitini birlashtiradi. 2-noyabr kuni kechki dasturimizda yakuniy akkord jo’sh urib yangraydi.
Farhod Qori Halimov, Toir Qo’ziev va boshqalar (O'zbekiston)
3-noyabr kuni poygadan keyin an'anaviy o'zbek musiqasining fidoiy ijrochilari – Buxoroning mashhur shosh-maqom usulida ajoyib simli cholg'u asbobi sato jo’rligida qo’shiq ijro etishadi.

Ommaviy axborot vositalari uchun aloqa va akkreditatsiya haqida ma'lumot

m.shaydullina@acdf.uz
+99871 207 40 10
Murojaat uchun shaxs: Malika Shaydullina
Samarkand Half Marathon veb-sahifasi: samarkandhalfmarathon.uz
Telegram, Instagram, Facebook: #samarkandhalfmarathon
Samarkand Half Marathon tashkilotchisi:
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi
Bosh hamkorlar:
O’zbekiston RespublikasiTurizmni Rivojlantirish Davlat Qo’mitasi
Samarqand viloyati hokimligi

Hamkorlar:
O’zbekiston Triatlon Federatsiyasi
Beat Film Festival
Russia Running
BeFit
Loyiha homiylari:
"Milliy bank"
"O’zbekiston temir yo’llari» DATK
"UMS" MCHJ
"UCELL" MCHJ
"Red Tag" zamonaviy kiyim do’konlari tarmog’i
"FLO" do’konlari tarmog’i
"O’zsanoatqurilishbank"
"Asaka" ATB
"Orient Finance" XATB
"MAXAM-CHIRCHIQ" AJ
"Hamkorbank"
"Davr bank"
"Kapitalbank" АTB
"Turon bank"
"Makro" supermarketlar tarmog’i
Axborot hamkorlari:
O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi
Afisha.uz
"The Mag" jurnali
Oriat FM

UFF.uz Спорт
Место для Вашей рекламы

Фойдаланувчилар фикрлари



Мазву бўйича

Шарофиддин Лутфиллаев жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди
09:36
BEFIT RACE – янги форматдаги мусобақалар Тошкентдаги Экопаркда бўлиб ўтди
17:40
Пара-академик эшкак эшувчиларимиз ҳам Осиё чемпионатида зафар қучишди
10:07
Самарқандда триатлон бўйича Ўзбекистон кубогининг финал босқичи бўлиб ўтди
11:33