Самарқандда триатлон бўйича Ўзбекистон кубогининг финал босқичи бўлиб ўтди

2019 yil 28 sentabr kuni Samarqand shahridagi Respublika eshkak eshish kanali hududida O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti tomonidan O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi ko’magida triatlon bo’yicha O'zbekiston kubogining uchinchi final bosqichi tashkil etildi. Coca-Cola Uzbekistan kompaniyasi musobaqalarga bosh homiylik qildi.

Musobaqada respublikaning barcha viloyatlaridan 103 sportchi ishtirok etdi. Musobaqalar uch yosh toifasi bo'yicha o’tkazildi: 16-18 yosh (o'smirlar), 19-21 yosh, 22 va undan katta. O'smirlar sprint masofasi: 750 metr suzish, 20 km velosport va 5 km yugurish, 19 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar esa olimpiya masofasi: 1,5 km suzish, 40 km velosiped va 10 km yugurish masofasini bosib o’tdilar. Ta’kidlash joiz, triathlon bo’yicha O’zbekiston kubogi tarixida birinchi marotaba paratriatlonchi ishtirok etdi: Andijon viloyatidan Rustamjon Sotiboldiyev musobaqa doirasida sprint masofasini bosib o’tdi.

Uch bosqich natijalariga ko'ra, 2019 yilda triatlon bo'yicha O'zbekiston kubogi g'oliblari aniqlandi. Umumjamoa hisobida Toshkent shahri terma jamoasi g’alaba qozondi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari jamoalari egalladi.

Musobaqalar eng kuchli triatlonchilarni aniqlash maqsadida o’tkazildi va uning natijalariga ko’ra xalqaro startlarda ishtirok etish uchun O'zbekiston terma jamoalarini shakllantirish rejalashtirilgan.

Triatlon – bu uch bosqich: suzish, velopoyga va yugurishni toʻxtovsiz va ketma-ket oʻtishdan iborat boʻlgan multisport poygasi.

UFF.uz Спорт
Место для Вашей рекламы

Фойдаланувчилар фикрлари



Мазву бўйича

BEFIT RACE – янги форматдаги мусобақалар Тошкентдаги Экопаркда бўлиб ўтди
17:40
Рио-де-Жанейро Токио-2020 эшикларини очади
15:28
Велоспортчиларимизнинг Осиё кубогидаги старти муваффақиятли бўлди
13:24
Аср жанги! Ҳабиб Нурмагомедов vs Флойд Мэйвезер
08:11