BEFIT RACE – янги форматдаги мусобақалар Тошкентдаги Экопаркда бўлиб ўтди

2019 yil 22 sentyabrda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Markaziy ekopark hududida mutlaqo yangi formatda, «Sog’lom insonlar – sog’lom millat zaminidir» shiori ostida BEFIT RACE sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

BEFIT RACE – jami 5 km masofa va to'siqlarni yengish, suzish, yugurish va boshqa ko'p sport mashqlarini o'z ichiga olgan musobaqa – kuch va chidamlilikning haqiqiy sinovidir. Ushbu musobaqa kuch sinashning eng yaxshi usullaridan biri.



Musobaqa BeFit fitness klubi tomonidan tashkil etildi. Ushbu tadbirning bosh homiysi – Orient Finans Bank, bosh hamkori – Amirsoy Resort. Musobaqalar O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi ko'magida o’tkazildi. Wellness Point (Technogym), Garmin Uzbekistan, NUTREND, DI Sport, Ekopark, Green Point, Evian Uzbekistan kompaniyalari BEFIT RACEning rasmiy hamkorlari sifatida taqdim etildi. Media hamkor – ZO'R TV telekanali, texnik hamkor – Sola Wi–Fi operatori, energetik hamkor – RedBull.



Ushbu tadbir mamlakatimizda sog'lom turmush tarzi, sport va fitnessni rivojlantirish va targ'ib qilishda yana bir qadam, shuningdek shahar hayotidagi ulkan sport musobaqasi bo'ldi. BEFIT RACE O'zbekiston poytaxtining markazida faol hayot tarzi tarafdorlari va muxlislarini o’z atrofida birlashtirdi. Bunday tadbirlar sport muhitini rivojlantiradi, sportchilar va havaskorlar o'zlarini rivojlantirishiga turtki beradi.



Musobaqa dasturiga yakka va jamoaviy yo’nalishlar kiritilgan: 60 nafar sportchi yakka tartibda ishtirok etdilar, jamoaviy bahsda esa har biri 5 kishidan iborat 6 ta jamoa chempionlik uchun kurashishdi. Ushbu musobaqalar vaqtga o'tkazilib, o'rtacha va yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlikka mo'ljallangan.



Mehmon va tomoshabinlar uchun "Vyacheslav Yevgenich"dan tayyorlangan maxsus ko'ngilochar dastur va DJ Samning musiqiy kayfiyati musobaqalar davomida ajoyib sport bayrami muhitini yaratdi. Taqdirlash marosimi o’zbek estrada yulduzlarining yorqin konserti bilan yakunlandi: Yulduz Usmonova, Shahzoda, DJ Piligrim, Munisa Rizaeva, “Shahzod” guruhi va boshqa yulduzlar o’zlarining xit qo’shiqlari bilan mehmonlarga quvonch ulashdilar.

MUSOBAQA BOSQICHLARI

1.    Eshkak eshish
2.    Shinalar bilan yugurish
3.    Nishablangan devor (to'r)
4.    Suzish
5.    Nishablangan devor (arqon)
6.    To'siqli yo’lakda qop bilan yugurish
7.    To'siqlar
8.    Devorga ko'tarilish
9.    Shinalarni ag’darish
10.    Qoplarni ko’tarish
11.    To’r
12.    Qoplar
13.    Arqonlar
 
HAMKORLAR

Bosh homiy: Orient Finans Bank
Bosh hamkor: Amirsoy Resort
Asosiy hamkor: O'zbekiston Triatlon Federatsiyasi
Rasmiy hamkorlar:
Wellness Point (Technogym)
Garmin Uzbekistan
NUTREND
Di sport
Ekopark
Green Point
Evian Uzbekistan
Media hamkor: ZO'R TV
Texnik hamkor: Sola.uz (Sola Wi-Fi operatori)
Energetik hamkor: RedBull

MUKOFOTLAR FONDI

Yakka tartibdagi ishtirokchilar:
1-o'rin - 5.000.000 so'm erkak/ayol
2-o'rin - 3 000 000 so'mlik erkak/ayol
3-o'rin - 2.000.000 so'm erkak/ayol

Jamoaviy musobaqalar:
G'olib jamoaga 5.000.000 so'm.
Shuningdek, BEFIT RACE musobaqasi hamkorlari tomonidan qimmatli sovg’alar taqdim etildi.

NATIJALAR
Ayollar
3-o'rin – Korotkova Yelena
2-o'rin – Bugakova Adeliya
1-o'rin – Datskovskaya Yekaterina

Erkaklar
3-o'rin – Shadrin Semyon
2-o'rin – Zaytsev Aleksey
1-o'rin – Saleniy Aleksandr

Jamoaviy musobaqa g’olibi – Ahmat CrossFit Arena / CrossFit 998

Faxriy o’rin – yosh toifasi bo’yicha 1-o’rin – Gulsum Abdusamatova (65 yosh)
Techno Gym brendi tomonidan eng yangi yugurish yo’lakchasi sovg’a qilindi.

UFF.uz Спорт
Место для Вашей рекламы

Фойдаланувчилар фикрлари



Мазву бўйича

Шарофиддин Лутфиллаев жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди
09:36
Пара-академик эшкак эшувчиларимиз ҳам Осиё чемпионатида зафар қучишди
10:07
Самарқандда триатлон бўйича Ўзбекистон кубогининг финал босқичи бўлиб ўтди
11:33
Ўзбекистонлик спортчи таиландлик жангчини ўз ватанида мағлубиятга учратди
11:20